Oʻzbekistondagi tojiklar
Oʻzbekistondagi tojiklar — hozirda Oʻzbekistondagi ikkinchi yirik etnik hamjamiyatlardan biri boʻlib hisoblanadi. Tojiklar eroniy xalqlardan biri hisoblanadi. Ularning aksariyati sunniy musulmonlar va hukumatning 2021-yilning 1-yanvardagi hisob-kitoblariga koʻra, etnik tojiklar jami 1.8 mln kishigacha (aholining 4.8% foizini) tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, tojik tili ularning ona tili hisoblanadi. Koʻpchilik tojiklar uchun oʻzbek hamda rus tillari ham asosiy muloqot tili hisoblanadi. Oʻzbekistondagi boshqa millatlardan farqli oʻlaroq, tojiklar mintaqaning tub aholisi hisoblanadi. Tojiklar qadimdan Oʻzbekistonning sharqiy hududlarida yashab kelishgan.
Miqdoriy tarkibi
Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan tojiklarning miqdoriy ulushi 2005 yil malumotiga koʻra 1 mln 800 ming kishi:
Tili
Oʻzbekistonda tojik tilida taʼlim berishga, shuningdek, unda gazeta va jurnallar chiqarishga ruxsat berilgan. Shu bois Oʻzbekistondagi tojiklar tilda muammo va tushunmovchiliklar sezmay, erkin va xotirjam yashash imkoniyatiga egalar. Ular hech qanday qiyinchiliksiz maktabga borish imkoniyatiga egalar, chunki maktabda dars oʻz ona tilida olib boriladi. Keyingi taʼlim litsey, kollej, shuningdek, universitetning ayrim boʻlimlarida tojik tilida davom ettirish imkoniyatiga egalar.
Taniqli shaxslar
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekistondagi tojiklar
Miqdoriy tarkibi (Wayback Machine saytida 2021-11-20 sanasida arxivlangan)
Tili
Taniqli shaxslar
uz.wikipedia.org