Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar
Oʻzbekistondagi ozarbayjonlar (Özbəkistan azərbaycanlıları) — ozarbayjon diasporasiga kiradi. Ular Oʻzbekiston fuqarolari va etnik ozarbayjon millatiga mansub doimiy aholi vakillaridir. Ozarbayjon va Oʻzbekiston avvallari Rossiya imperiyasi, keyin esa Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda 35 848 nafardan ortiq ozarbayjonlar istiqomat qiladi. Bu Oʻzbekiston aholisining 0,15 foizini tashkil qiladi.
Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Ozarbayjonning madaniy, lisoniy, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarini rivojlantirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida Ozarbayjon Oʻzbekiston Respublikasida oʻz madaniyat markazini tashkil etgan. 2010-yil 27-sentabr kuni Toshkentda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi binosi kapital ta’mirlash va restavratsiyadan soʻng foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekistonning oʻsha davrdagi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 2013-yildan boshlab Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi oʻz faoliyatini kengaytirib, muhim tadbirlarni oʻtkaza boshladi.
Mashhur namoyandalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org