Oʻzbekistondagi armanlar
Oʻzbekistondagi armanlar (oʻzbekcha: oʻzbekistonlik armanlar, armancha: Հայերն Ուզբեկստանում) — Oʻzbekistonda yashovchi etnik ozchilikdan iborat millat.
2009-yil holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami armanlar soni 80 mingga yaqin kishini tashkil etadi (shundan 50 ming nafari Oʻzbekiston fuqarolaridir). Armanlar asosan Toshkent, Samarqand, qisman Andijon, Fargʻona va boshqa shaharlarida yashaydilar.
Armanlar asosan bu mintaqaga „arman genotsidi“ (1915-1923-yillar) yillarida koʻchib oʻtganlar. Koʻplab armanlar Ozarbayjon orqali Oʻzbekistonga oʻtgan.
Oʻzbekistonda bir qator arman diasporasi jamoat birlashmalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu tashkilotlarning faoliyati asosan arman diasporasi vakillariga (shu jumladan huquqiy va maʼnaviy) yordam koʻrsatishga qaratilgan boʻlib, arman madaniyati va tilini oʻrganish va tarqatishga qaratilgan.
Oktabr inqilobi (1917-yil)dan keyin Oʻzbekiston SSSR tarkibiga kirdi. Bu yillarda armanlar shu yerda qolishdi. SSSR parchalanganidan keyin armanlar Rossiya, Armaniston, AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlariga koʻchib ketishni boshladilar. Armanlar musiqa, til va ovqatlanishda oʻz anʼanalarini saqlab qolishgan. Toshkentda Samarqandda koʻplab arman kafe va restoranlari bor. Oʻzbekistonda ikkita arman cherkovi Samarqand va Toshkentda ochilgan. Samarqand cherkovi 1905-yilda qurilgan. Lekin sovet ateizmi yillarida yopildi. 1995-yilda cherkov tadbirkor Artur Martirosyan tomonidan taʼmirlandi va qayta ochildi.
1989-yilda Toshkentda respublikada birinchi arman madaniyat markazi paydo boʻldi. Keyinchalik, Samarqand va Andijonda tashkil etilgan arman markazlari 2001-yilda u bilan birlashib, Oʻzbekiston arman milliy-madaniy markazini tashkil qildi. 2006-yildan boshlab oʻzbek armanlarining „Depi apaga“ — „Kelajak sari“ jurnali nashr etilmoqda.
Oʻzbekistonning mashhur armanlari orasida xalq artisti Tamaraxonim (Petrosyan) (1906-1991), musiqa arbobi Ashot Petrosyants (1910-1978), Oʻzbekiston xalq artistlari Varsham Yeremyan (1897-1963), Ovannes Tatevosyan (1889-1974), Nikolay Karaxan (1900-1970)ni alohida qayd etish joiz, shuningdek Oʻzbekistondagi yirik sanoat rahbarlari, jumladan Aleksandr Melkumov ham bor.
Soni
Taniqli oʻzbekistonlik armanlar
Manbalar
uz.wikipedia.org