O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi - Oʻzbekiston Respublikasining unvoni
Tavsifi
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida ochiq kitob fonida gʻijjak va rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab
XIZMAT KOʻRSATGAN MADANIYAT XODIMI degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Taqdirlanganlar
Manbalar
uz.wikipedia.org