Oʻzbekistonda shialik
Oʻzbekistondagi shialik mazhabi deyarli eroniy etniklardan tashkil topgan ozchilikni oʻz ichiga oluvchi mazhab hisoblanadi. Mamlakatda atigi uchta shia masjidi roʻyxatga olingan boʻlib, shulardan ikkitasi Samarqandda va bittasi Buxoroda joylashgan. Bu shaharlarning ikkalasida ham eron millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
Sovet davridan oldingi tarixi
Tarixchi Jed Snyderning qayd etishicha, 1800-yillar oxiridagi ruslar bosqinidan oldin Samarqandda shia va sunniy guruhlar oʻrtasida kamdan-kam uchraydigan oʻzaro toʻqnashuvlar boʻlgan. Biroq tarixchi Rossiya istilosidan keyingi davrda shialar, asosan, sunniylar tomonidan assimilyatsiya qilinganligini taʼkidlaydi.
Oʻzbekistondagi turli shia guruhlari
Oʻzbekistonda oʻzbek shialarining soni shialik jamiyatini tuzish uchun yetarli boʻlmasa-da (ularni birlashtira oladigan institutlarning yoʻqligi sababli), baʼzi guruhlar, yaʼni eroniylar, persiyonlar, ozariylar va ismoiliylarni shialik bilan bogʻlash mumkin.
Hozirgi diskriminatsiya
Hukumat roʻyxatga olingan ushbu shialik masjidlarining faoliyat koʻrsatishiga ruxsat bergan boʻlsa-da, baʼzi oʻzbek shialari hukumat yangi shia masjidlarini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qilayotganidan xavotirda. Shuningdek, rasmiy milliy diniy organ – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ham shia vakillariga ega emas. Sovet davridan beri mamlakatda birorta ham shia madrasalari mavjud emas, mustaqillikdan keyin esa yangi shia madrasalari roʻyxatga olinmagan. Shia diniy yetakchisi boʻlishni istaganlar faqat Eronga borib, oʻsha yerdan shia maʼlumotiga ega boʻlishlari mumkin, biroq Eronda olgan ushbu shia maʼlumotnomalari Oʻzbekiston hukumati tomonidan tan olinmaydi, buning natijasida esa mamlakatda rasman tan olingan shia rahbariyati yetishmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org