Oʻzbekistonda inson huquqlari




Oʻzbekistonda inson huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18–46-moddalarida mustahkamlangan.

Human Rights Watch xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2014-yilda eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekistondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni „abgor“ deb atagan.
Tashkilot hisobotida yozilishicha, Oʻzbekiston BMT inson huquqlari mexanizmlari bilan eng oz hamkorlik qiladigan davlatlardan biri boʻlib, 2000-yillar davomida BMTning inson huquqlari boʻyicha 11 ekspertining hech birini mamlakatga kiritilmagan, berilgan barcha tavsiyalar esa rad etilgan.

AQSh davlat departamenti 2006–2017-yillarda eʼlon qilgan hisobotlarining barchasida din yoki eʼtiqod erkinligining buzilishlari ortidan Oʻzbekistonni alohida xavotir uygʻotuvchi davlat deb taʼriflagan. 2018-yilda eʼlon qilgan hisobotida esa mamlakatni birinchi marta alohida xavotir uygʻotuvchi davlat emas deb tasvirlagan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz