Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar




"OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLAR" ("Obshestvennme nauki v Uzbekistane") — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ijtimoiygumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Toshkentda yiliga 6-marta oʻzbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. Dastlab (1957—60) "Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi" nomi bilan nashr etilgan, 1960-yil oktabrdan hozirgi nomda. Jur. nashrining tashabbuskori va birinchi bosh muharriri akademik I.M.Moʻminov boʻlgan.

Jur.da iqtisodiyot, falsafa, huquq, shuningdek, sharqshunoslik va tarix fanlari (etn., arxeologiya, numizmatika, sanʼat tarixi va boshqalar) boʻyicha materiallar eʼlon qilinadi. Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik sharoitida rivojlanishi, bozor munosabatlarini qaror toptirish, haqiqiy demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va xalqni mustaqillik mafkurasi, yuksak maʼnaviyat va eng yaxshi milliy anʼanalarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muammolariga qaragiladi.

Jur.da "Ilmiy axborot", "Fan yangiliklari", "Tarix sahifalari", "Tarixnavislik", "Manbashunoslik", "Yangi kitoblar" ruknlari bor. Unga turli yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad.lari I.M.Moʻminov, M.K.Nurmuhamedov, E.Yu.Yusupov, I.I.Iskandarov va A.R.Muhammadjonovlar muharrirlik qilishgan. 2004-yildan bosh muharriri iqtisodiyot fanlari doktori A.Qodirov. Adadi 350 nusxa (2005).



uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz