Oʻzbekistonda erta homiladorlik
Oʻzbekistonda oʻsmirlik homiladorligi — 18 yoshga toʻlmagan oʻzbekistonlik qizlar orasida uchrovchi homiladorlik holati. Respublikadagi asosiy muammolardan biri. Oʻsmirlik davridagi homiladorlikning asosiy sabablari sifatida erta turmush, jinsiy taʼlim va axloqiy tarbiyaning pastligi, moliyaviy muammolar kabi omillar koʻriladi. Bu borada respublikada asosiy statisika maʼlumotlarining oʻrganilishi, ochiqlanishi va qarshi kurash chora tadbirlari 2017-yildan boshlangan. Oʻsmirlar orasidagi tugʻruq holatlari 2020-yilda 1044 tani tashkil etgan boʻlib, 2019-yilga nisbatan 12,7 foizga kamaygan. Hududlar kesimida erta tugʻruqlarning 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hisobiga toʻgʻri keladi.
Erta homiladorlik va tugʻruq holatlari
Erta tugʻruq holatlari eng koʻp kuzatilgan hududlardan biri boʻlmish Samarqand viloyatida 2017-yilning dastlabki 6 oyi oraligʻida 8 tani tashkil etgan (15-16 yosh). Oʻzbekiston hududida 2018-yilgi 750 ming tugʻruq holatidan 133 tasi, 2019-yilgi 650 ming tugʻruqdan 105 tasi (2020-yil, yanvar) 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmir qizlar orasidagi yuz bergann. Bu koʻrsatgich 2019-yilning yilning sentyabr oyi hisobotlariga koʻra, 50 tani tashkil etgandi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining 2020-yilgi balogʻatga yetgan qizlar orasida dastlabki 6 oy (yanvar-iyun) ichidagi erta tugʻruq holatlari tahliliga koʻra,
13 yoshli qizlar oʻrtasida erta tugʻruq holatlari yuz bermagan. Biroq, 14-17 yoshli oʻsmirlar orasida tugʻruqlar soni 84 tani tashil etgan.
Erta tugʻruq holatlari yoshga koʻra[9].
2018-yilda erta tugʻruq holatlari 1,5 mingdan ziyod boʻlgan. 2019-yilda esa ushbu koʻrsatkich 1,2 mingtani tashkil etgan. 2020-yilning birinchi choragida 231 ta erta tugʻruq holatlari qayd etilgan. Xalq taʼlimi tizimida tahsil olayotgan har
12 995 nafar qizga 2017-yilda 1 ta tugʻruq (0,0076 foiz), 2018-yilda
15 169 nafar qizga 1 ta tugʻruq (0,0066 foiz), 2019-yilda
23 666 nafar qizga 1 ta tugʻruq toʻgʻri kelgan (0,0042 foiz). 2020-yilda 88 ta erta nikoh holati, 1044 ta erta tugʻruq holati qayd etilgan. Bu 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq.
Qarshi kurash
Oʻzbekistonda 2017-yilda 11 yillik umumtaʼlim tizimiga oʻtilishi sabab erta tugʻruq holatlarining soni kamayishiga erishilgan. 2016—2017-yillar davomida 15-17 yoshdagi qizlar oʻrtasida jami 429 tugʻruq holati qayd etilgan. 2018—2019-yillar oraligʻida esa bu koʻrsatkich 34 foizga kamayib, 284 tani tashkil etgan. Oʻzbekistonda „Gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish“ doirasida 3-vazifa sifatida Erta nikohlar va zoʻrlab nikohlashni tugatish vazifasi belgilangan.
Sabablar
2021-yilning fevral oyida Urgut va Samarqand tumanlari, Samarqand shahrida yashovchi kelinlar oʻrtasida sotsiologik tadqiqot natijalariga koʻra, erta nikoh sabablari — ota-onalar (70 foiz), sevgi-muhabbat (26 foiz), erta homila (3,4 foiz), diniy qarashlar (1,5 foiz) kabilar boʻlgan.
Voyaga yetayotgan qizlarga jinsiy tarbiya berilmasligining oqibatida 13, 14, 15, 16 yoshli qizlar orasida tugʻish holatlari qayd etilgan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida erta nikoh oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 23 taga koʻpaygan.
Erta homiladorlik holatlari kuzatilgan maktab yoshidagi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan. Ota-onalarning ishsizligi va/yoki kam daromad topishi kabi omillarga ham bu kabi holatlar koʻpayishining asosiy sababi sifatida qaraladi. Shuningdek, asosiy sabablar sifatida aholining huquqiy savodxonligi va tibbiy madaniyatining yetarli emasligi koʻriladi. Erta va istalmagan tugʻruq holatlari chaqaloqlar savdosining asosiy omillaridan biridir.
Respublika miqyosida (statistika)
Oldini olish boʻyicha tadbirlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org