O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi




Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ilk bor 15-mart 2020-yilda tasdiqlangandan soʻng tarqalishni boshladi. Ushbu ilk holat Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida aniqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida jabrlanuvchi bilan aloqada boʻlgan va ularning karantini rejalashtirilgan odamlar roʻyxati mavjud. Ushbu holatlar eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi. Koronavirusning birinchi holatidan ikki kun oldin, Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. 22-mart 2020-yilda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini majburiy taqib yurishni buyurdi. 27-mart 2020-yilda mamlakatda birinchi oʻlim 72 yoshli ayol boʻlganligi haqida xabar berildi.

2022-yil 4-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tasdiqlangan holatlar 198 769 tani, tuzalganlar 195 840 kishini hamda vafot etganlar 1 485 kishini tashkil etmoqda. Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektorda davlat rahbari bosh vazir viloyat hokimlari bilan birga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirishi boʻyicha maxsus topshiriq berdi.

Koronavirus koʻrsatkichida bolalar ulushi



Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida bolalarning ulushi 2021-yil aprel holatiga koʻra, yangidan roʻyxatga olingan 206 ta bemordan 54 nafari 19 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Bu bir kunda umumiy roʻyxatga olinganlarning 26,2 foizini tashkil etadi.

Vaksina zaxirasi



Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi iyun holatiga koʻra 7,4 million dozaga yetgan. Shundan 3,5 million dozadan ortigʻi vaksinasiya jarayonlarida qoʻllanilgan.

Vaksinatsiya



Oʻzbekistonda 2021-yil 1-apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosining maʼlumotiga koʻra Oʻzbekistonda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan. Biroq, bunga qaramay emlash darajasi past. Bu holatda Nurmat Otabekov majburiy emlash gʻoyasi bilan chiqqan va bu toʻgʻri boʻlib, bu borada Rossiya tajribasini oʻrganishni taklif qilgan.

2015-yil 15-martda tasdiqlangan „Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi“ sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik koʻrsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qoʻshimcha kiritilgan.

Unga asosan:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdin Ismoilov fuqarolarni majburiy tarzda emlashga salbiy baho bergan va majburiy emlash mavjud qonunlarga zid ekanini aytgan.

Shpris taʼminoti, xavfsiz qutilar taʼminoti va boshqalar uchun respublikada 6 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar ishtirokida vaksinasiyaga tayyorgarlik koʻrilyapti. Koronavirusga qarshi vaksina olgan aholiga emlanganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi. 2021-yilning iyul oyi holatiga koʻra Oʻzbekistonda 1 023 425 kishi COVID-19’ga qarshi emlangan. Tibbiyot ekspertlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini Oʻzbekistondagi eng samarali vaksina deb topdilar.

Pulli vaksinatsiya



Kelgusida nodavlat va milliy emlash kalendari asosida rejali emlash tadbirlari bilan shugʻullanmaydigan davlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasiga karshi emlashni pulli asosda oʻtkazishga ruxsat beriladi va ular bu ish bilan shugʻullanishi mumkin. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolarga sertifikat berish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritishi kerak boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga (emlash.uz) integrasiya qilinadi, emlangan fuqarolarga belgilangan shakldagi QR-kodli (matrik shtrix-kod) sertifikat beriladi.

Vaksinatsiya tavsiya etilmaydigan holatlar



Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashlar quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:

Vaksinatsiyaning Oʻzbekistondagi nojoʻya taʼsirlari



2021-yil aprel oyiga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojoʻya taʼsirlar 71 holatda qayd etildi. Bular quyidagi nojoʻya taʼsirlar:

Maxsus poliklinikalar



Toshkent shahrining 11 tumanida koronavirus bilan kasallangan bemorlarga moʻljallangan maxsus poliklinikalar tashkil etildi. Poliklinikalar koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatadi. Shuningdek, muassasalar zarur laborator hamda instrumental tekshiruvlar oʻtkazish va ambulator davolashni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur poliklinikalar aholiga kun-u tun xizmat koʻrsatadi. Har bir markazga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan va ular tarkibidan 2 nafar shifokor hamda 2 nafar oʻrta tibbiyot xodimi oʻrin olgan.

Qonunbuzarliklar



2021-yil iyul oyida COVID-19 vaksinalarining shifokorlar tomonidan poliklinikadan chiqarib sotilishi holatlari kuzatildi, qonunbuzarlarga chora koʻrildi.

Vaqt jadvali



2020



Fevral
Oʻzbekiston havo yoʻllari 2020-yil 28-fevralda Jidda va Madinaga reyslarni toʻxtatdi. 2020-yil 13-martda Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. Ikki kun oʻtgach, mamlakatga Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirusning birinchi holati tasdiqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bemor bilan aloqada boʻlgan shaxslar roʻyxatini eʼlon qildi, ularning karantinga oldi. Ushbu holat eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi.

Mart

2021



Iyun

Iyul

Statistika




Hudud boʻyicha




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz