Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi yoki
WAYU Inglizcha: World Association of Youth of Uzbekistan, ruscha: Всемирная ассоциация молодёжи Узбекистана — xorijda oʻqib, ishlayotgan yoki chet elga migratsiya qilish istagidagi Oʻzbekiston yoshlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan,18 ta davlatda vakillariga ega yoshlar tashkiloti. Xorijiy vakolatxonalar har bir mamlakatda 1 ta vakil va bir nechta koordinatorlardan iborat.
WAYU bosh idorasi O'zbekistonning Toshkent shahrida joylashgan. Assotsiatsiya har yili vakolatxonalari boʻlgan mamlakatlarda
Yoshlar forumi va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni oʻtkazadi. Assotsiatsiya yoshlar va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida muntazam ochiq muloqotlar va suhbatlar tashkil etadi.
Tarixi
2017-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti hukumat qarori bilan tashkil etilgan.
2019-yil 5-avgustda “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. Hujjat assotsiatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini oʻz ichiga olgan. Muassasaning asosiy vazifalaridan biri xorijga oʻqish yoki ishlash uchun ketgan oʻzbekistonlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Tashkilot asosiy maqsad va vazifalari
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining asosiy
maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Tashkiot rahbariyati
Vakillari
Xayriya loyihalari
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijda istiqomat qilayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “
Musofir ” xayriya loyihasini tashkil etgan. WAYU har yili “
Musofir ” xayriya marafoniga mezbonlik qiladi. Marafon xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlari hayotiga befarq boʻlmagan barcha yoshlarni chorlaydi. Loyiha xayriya qilingan mablag'larni xorijda muhtoj bo'lgan o'zbekistonlik vatandoshlarga yordam berish uchun tarqatadi.
Izohlar ro'yxati
uz.wikipedia.org