Oʻzbekiston xalq ustasi




„O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni — xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.

Tavsifi



Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan „XALQ USTASI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi».

Mukofot sohiblari




Sohiblari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz