Oʻzbekiston xalq rassomi




„Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni — atoqli tasviriy san’at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

Tavsifi



• Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
• Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirogʻida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.

• Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.

• Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz