Oʻzbekiston xalq baxshisi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni — baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlidagi salmoqli hissalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.
Tavsifi
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asbobi — doʻmbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Sohiblari
Manbalar
uz.wikipedia.org