Oʻzbekiston viloyatlar avtomobil nomerlari






Oʻzbekiston avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari — Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir.
Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi.

Tarixi



Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 2000-yilgacha amal qilgan. 1996-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2012-yil 31-dekabrgacha amal qildi.
2008-yil 1-oktabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi. Avtoraqamlar yuqori texnologoyalar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga qarshi xususiyatga ega.

Avtomototransport vositalariga beriladigan davlat raqamlari turlari




Tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlari




Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari




Hududlar boʻyicha raqamlar




Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus kombinatsiyalarning farqlanishi



PAA  — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari;
PSS  — Oʻzbekiston Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;
PPP  — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari;
APC  — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari);
DAV  — Davlat hokimiyati markaziy tashkilotlarining (agentlik, markaz va boshqalar) rahbariyati;
AVH (Andijon), BVH (Buxoro), FVH (Fargʻona), JVH (Jizzax), KVH , NVH (Namangan, Navoiy), XVH (Xorazm) SVH (Samarqand) — viloyatlar hokimligi xodimlari;
USB , BGR  — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar;
VSB , VSC , VSF , VSD , VSG , VSP , VSV  — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
PSF PSP  — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari;
TSS , TST  — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;
ZDF , ZDP  — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari;
DXA , PXQ  — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari;
FVV  — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari;
MV , MT  — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari;
TTA , TTB , TTC , TTD , TTE , TTF , TTG , TTH  — taksilar;
Shuningdek, 2017-yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarga uch bir xil harflardan iborat davlat raqamini (masalan, OOO , VVV , UZB kabi) muayyan toʻlov asosida berish tartibi joriy qilindi. 2021-yil 1-noyabrdan boshlab elektromobillar uchun hudud raqami yashil rangli avtoraqam berilishi joriy qilindi

Narxlari



Toshkent shahrida




Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda




Qimmat avtoraqamlar



2008-2017-yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taqiqlangan edi. 2017-yilning 11-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi.

2017-yil 1-noyabr kuni samarqandlik yuridik shaxs auksion orqali „30 777 AAA“ davlat raqamini 340 million soʻm (taqriban 37200 $) evaziga sotildi.

2021-yil avgust oyida „30 Z 777 ZZ“ avtoraqami 441,5 million soʻmga (41000 dollar) sotildi.

2021-yil 26-oktyabr kuni auksionda boshlangʻich 243 mln soʻm narx bilan savdoga qoʻyilgan „01 O 001 OQ“ avtomobil raqami 498 million 150 ming soʻmga sotildi.

2022-yil 29-aprel kuni avtoraqamlar onlayn auksionida „50 777 ZZZ“ raqam belgisi boshlangʻich 135 million soʻm bilan savdoga qoʻyildi. 6-may kuni avtomobil raqami auksionda Namangan viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan 669 600 000 soʻmga sotib olindi.

2023-yil 10-oktabr kuni birja auksionida yuridik shaxslarga moʻljallangan „01 777 RRR“ avtomobil raqami kimoshdi savdosida boshlangʻich 297 mln soʻm narx bilan savdoga qoʻyildi. Bir yarim soat davom etgan savdo jarayonida lot narxi 3 barobarga oshdi va avtoraqam 893,97 mln soʻmga (Markaziy bankning kursi boʻyicha 73,27 ming AQSh dollariga teng) sotildi. Ushbu savdodan soʻng bu raqam Oʻzbekistondagi yuridik shaxslar uchun moʻljallangan eng qimmat „chiroyli“ davlat raqamiga aylandi. Ushbu onlayn-auksionda faqatgina ikki nafar ishtirokchi qatnashib, jami 49 ta narx taklifini taqdim etishdi.

1996—2012-yillardagi avtoraqam turlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz