Oʻzbekiston tavalludi




Oʻzbekiston tavalludi  — tarixchi olim Adeeb Khalid tomonidan olib borilgan keng tadqiqotlar natijasi oʻlaroq yozilgan asar. Asar XX asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida kechgan jarayonlarni yoritib beradi. Muallif kitob ustida oʻn besh yil tadqiqot olib borgan.

Kitobning chop etilishida Gumanitar fanlar boʻyicha milliy fond (National Endowment for the Humanities), Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari (the American Councils for International Education), Amerika tadqiqot jamiyatlari kengashi (the American Council of Learned Societies), Nyu-Yorkdagi Karnegi korporatsiyasi (the Carnegie Corporation of New York) hamda Jon Saymon Guggenhaym fondi (John Simon Guggenheim Foundation) kabi tashkilotlar yaqindan yordam bergan. Kongress kutubxonasi qoshida joylashgan Jon V. Klyug nomidagi kutubxona 2010—2011-yillarni oʻz ichiga olgan 6 oy mobaynida muallifga moliyaviy yordam koʻrsatib kelgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz