O'zbekiston Stadioni




Oʻzbekiston Stadioni Oʻzbekiston tumanida Yaypan shahrida joylashgan boʻlib,Turon (futbol klubi) jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

Oʻzbekiston tumani hokimi Qahramon Joʻrayevning tashabbusiga koʻra klub uy oʻyinlarini oʻtkazadigan stadionga „Oʻzbekiston“ nomi berildi va ayni kunda oʻyingoh holati zamonaviy koʻrinishga keltirildi.

Tarixi



Stadion Oʻzbekiston Tumanida joylashgan boʻlib, 1970-yillarda qurilgan, sobiq nomi „Mexnat“ stadionidir. Stadionda „ Olimjon Akbarov “ va „ Mehnat “ kabi maxalliy jamoalar toʻp surgan. Bugungi kunda mahalliy Turon (futbol klubi) uy stadioni hisoblanadi. Oʻzbekiston stadioni 2018-yildan boshlab keng taʼmirlash ishlari boshlandi maydon sifati OFK va FIFA talablariga javob beradigan darajaga keltirilgan. 2021-2022 yillarda taʼmirlash ishlaridan soʻng FIFA standartlariga javob beradigan xolatga keltirildi. Stadionda yuqori darajadigi uchrashubvlardan 2022-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi baxsi oʻtkazilgan. Bugungi kunda stadion 8000 yaqin muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Tavsifi



Stadionda Germaniyalik mutaxassislar tajribasi asosida ishlab chiqilgan darvoza uskunasi hamda zamonaviy uslubdagi zahira oʻrindiqlari keltirib oʻrnatilgan. 2021-yilgi mavsumda ilk bor Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etayotgan „Turon“ futbol klubining uy oʻyingohi hisoblanadigan „Oʻzbekiston“ arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirildi. Xususan oʻyingohda 4x8 m oʻlchamda ulkan „UZLED“ elektron monitori hamda  yorugʻlik darajasi 2000 lyuks boʻlgan „Philips“ svetodiod yoritish tizimlari oʻrnatildi, shuningdek 3500 oʻrinli qoʻshimcha tribunalar qurib bitkazildi. „Oʻzbekiston“ stadionida muxlislar va mehmonlar uchun zamonaviy 140 oʻrinli VIP sektor, video operatorlar, suhandon hamda matbuot xizmati xodimlari uchun maxsus shinam joylar mavjud.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz