Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti




Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti (ruscha: Верховный Совет Узбекской Советской Социалистической Республики) — SSSR tarkibidagi Oʻzbekiston SSR Oliy qonunchilik va vakillik organi. 1938-yildan to 1991-yil 31-avgustga qadar amalda boʻlgan. 1991-yildan keyin Oʻzbekiston Oliy Kengashiga aylantirilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining oʻtmishdoshi Yoʻldosh Oxunboboyev boshqargan Oʻzbekiston SSR Markaziy ijroya qoʻmitasi hisoblanadi.

Chaqiriqlar



53 yil davomida faoliyat yuritgan Oliy Sovet davrida 12 ta chaqiriq amalga oshirilgan:

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining soʻnggi, 12-chaqirigʻi uchun saylovlar 1990-yilning fevral—aprel oylarida oʻtkazilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti bir palatali parlament hisoblangan. Uning soʻnggi sessiyalarida respublikaning barcha hududlaridan saylangan turli millatga mansub 500 nafar xalq deputatlari ishtirok etgan. 12-chaqiriq 1990-yilda Islom Karimovni prezident sifatida saylagan va 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekistonni mustaqil deb eʼlon qilgan chaqiriq sifatida tarixda qolgan.

1991-yil 31-avgustda, mustaqillik eʼlon qilinishi davrida Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetiga Shavkat Yoʻldoshev raislik qilgan. U raislik lavozimida 1993-yilgacha faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raislari




Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari




Yana qarang




Adabiyotlar



„Верховный Совет Узбекистана“. nrm.uz. 30-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-mart 2020-yil.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz