Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiytadqiqot instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1957-yil Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti nomi bilan Toshkentda tashkil etilgan. 1989-yildan hozirgi nomda. Endokrin bez kasalliklarini eksperimental va klinik usullar yordamida oʻrganadi va davolaydi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻzbekistonda yod yetishmovchiligi holatini bartaraf etish, qandli diabet kasalligi, uni oldini olish va davolash, asoratlarini bartaraf etishning samarali usullarini ishlab chiqish, bolalar va oʻsmirlarda kuzatiladigan endokrin xastaliklarni oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish (pakanalik, qandli diabet, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar), gipofiz, birlamchi giperparatireoz, qalqonsimon bez xastaliklari, jinsiy rivojlanishdan orqada qolishning zamonaviy diagnostikasi, shuningdek, respublikada endokrinologik xizmatni tashkil qilish masalalari va h.k.ga oid.
Institutda 6 ilmiy laboratoriya., tashkiliyuslubiy boʻlim, kutubxona, vivariy va 246 oʻringa moʻljallangan klinika bor. Klinikada 12 boʻlim, maslahat poliklinikasi, biokimyoviy laboratoriya., funksional diagnostika, yadro tibbiyot boʻlimi, dorixona, rentgen, ultratovush tashxisi, gastroduodenoskopiya va stomatologiya xonalari bor.
Institutning jarrohlik boʻlimida yiliga 700 ga yaqin (qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrak usti bezi, meʼda osti bezi va jinsiy bez xastaliklari) operatsiya qilinadi.
Institut faoliyati A. A. Asqarov, Yo. X.Toʻraqulov, R.QIslombekov, E.Gʻ. Qayumov, N.S.Kelginbayev, N.R.Rahimov, S.A.Maʼsumov, Sh.Sh.Ilyosov va S.I.Ismoilov kabi olimlar nomi bilan bogʻliq.
Endokrinologiya institutida Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Bolalar endokrinologiyasi (rahbar professor S.I.Ismoilov) va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutittt E. kafedralari mavjud boʻlib, ular respublikaning boshqa tibbiyot institutlari kafedralari (1 va 2 Toshkent tibbiyot akademiyasi, shuningdek, Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari) bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.
Institutda doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti — bu O‘zbekistonda endokrin tizim kasalliklarini o‘rganish, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi yirik ilmiy-tadqiqot muassasasidir. Institut endokrin kasalliklar, xususan, qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, gormonal muvozanat buzilishlari, gipotireoz, gipertireoz, osteoporoz va boshqa endokrin tizim bilan bog‘liq patologiyalarni aniqlash, diagnostika va davolash borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Institutda zamonaviy diagnostika uskunalari bo‘lib, uning tarkibida laboratoriya, klinika va mobil bo‘limlar faoliyat yuritadi. Shuningdek, institut mutaxassislari endokrinologiya sohasida ilmiy maqolalar nashr qiladilar, xalqaro hamkorlikda loyihalarda ishtirok etadilar va malaka oshirish yo‘nalishida treninglar, konferensiyalar o‘tkazadilar.
Endokrinologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida muhim o‘rin tutib, aholining salomatligini yaxshilash va turli endokrin kasalliklarning oldini olish uchun keng ko‘lamli profilaktika va davolash ishlarini amalga oshiradi.
Agar sizga institutning aniq manzili, telefon raqamlari yoki ko‘proq ma’lumot kerak bo‘lsa, rasmiy veb-sayt yoki O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy resurslariga murojaat qilishingiz mumkin.