Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi




Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi  — sogʻliqni saqlash boʻyicha markaziy davlat boshqaruv organidir.

Vakolatlari



Oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Vazirlik faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.

Vazirlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa rasmiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, shuningdek boshqa qonuniy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan sogʻliqni saqlash boʻyicha tuzilgan xalqaro shartnomalar, shuningdek ushbu Nizom asosida yuritiladi.

Vazirlik vakolati doirasida chiqarilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va umuman Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mulkchilik shaklidan qaʼtiy nazar barcha jamoatchilik birlashmalari va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qaraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat va Toshkent shahrida sogʻliqni saqlash boʻyicha faoliyat olib borayotgan idoralar, ularning shahar va tumanlardagi boʻlimlari respublikada yagona sogʻliqni saqlash boshqaruv idorasi tizimini tashkil etadi.

Tuzilmasi




Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosariOʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazirlar




Oliy oʻquv yurtlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz