O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i




O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun mukofotlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanishi mumkin.

Kimlarga beriladi



O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish „Davlat mukofotlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxsga belgilangan namunadagi tegishli hujjat topshiriladi.

Imtiyozlari



O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asi oladilar.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz