O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Transport vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi „Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5647-son farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Vazirlikning asosiy vazifalari
Vazirlik funksiyalari
1. Transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish sohasida:
2. Transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish sohasida:
3. Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish sohasida:
4. Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish sohasida:
5. Butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
6. Avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash sohasida:
7. Transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
- avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar va yuk tashish;
- temir yo‘l transportida ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar va yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni (litsenziya varaqalarini) beradi;
- ruxsatnoma hujjatlari shartlari va litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish choralarini ko‘radi;
- kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kemalarni qurish, ulardan foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiradi;
- kemalarga kema guvohnomalari va chiptalar, toifa guvohnomalari, suzishga yaroqlilik guvohnomalari va kemachilikni tartibga solish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
- avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlariga, shuningdek, temir yo‘l transporti tashkilotlari, markazlari va korxonalarida yangi lavozimga tayinlangan rahbarlar va mas’ul boshqaruv xodimlarigi qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazadi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya hodisalari va fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va to‘qnashuvlarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarni texnik surishtiruv-tergov ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
- o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat hududidagi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya halokatlari hamda to‘qnashuvlarni, shuningdek, yo‘lovchilar poyezdlari tarkiblari bilan yuz bergan avariya va halokatlarni surishtiruv-tergov qilish ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
- tergov, shu jumladan transport korxonalari va tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlarining belgilangan muddatlarda va xolisona olib borilishini, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalar, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning to‘g‘ri tasniflanishiga rioya etilishi va ularni hisobga olgan holda nazorat qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
- birinchi navbatda, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda FVDX deb ataladi), harbiy bo‘linmalarning qutqarish tuzilmalari, kuchlari va vositalari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun yuklarni tashishni ta’minlaydi;
- FVDX, avtotransport xizmati va avtoyo‘l xizmatlarining funksional kichik tizimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil va temir yo‘l transportida tranzit harakatlanayotgan xavfli va maxsus yuklarni tashishning eng qisqa masofasi tartibini belgilashda ishtirok etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarini rekonstruksiya qilish va ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflarini kelishishni amalga oshiradi;
8. Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash sohasida:
9. Transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish sohasida:
Rahbariyat
Transport vaziri — Ilhom Mahkamov Rustamovich.
I.Mahkamov 2021-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodi maʼqullangan. U Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 43-sonli „Ayrim rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisida“gi hukumat qaroriga koʻra transport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Vazir o‘rinborasi — Abdusamat Mo‘minov Abduvoxidovich.
Vazir o‘rinborasi — Jasurbek Choriyev Ergashevich.
Markaziy apparat
Transport tizimini kompleks rivojlantirish departamenti boshlig‘i — G‘olib Irgashev G‘ayratovich.
Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i — Avazbek Axmedov Xurmatbekovich.
Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i — Doniyor Djumayev Ibragimovich.
Transport koridorlari, logistika va trqanzitni rivijlantirish boshqarmasi boshlig‘i — Bekzad Xolmatov Nurmatovich.
Raq1amlashtirish boshqarmasi boshlig‘i — Azizxopn Akbarov Ozodovich.
Investitsiyalar va davlat xususiy sherikchilik boshqarmasi boshlig‘i — Fazliddin Bakiyev Xayriyevich.
Tarif-narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i — Jahongir Yusubov Radjabbayevich.
Metodologiya va normativ-huquqiy hujjatlar boshqarmasi boshlig‘i — Nurbek Nuritdinov Ulug‘bekovich.
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i — Rashidjon Hakimov Ilhomovich.
Faoliyat
Daryo transporti
Daryo transporti sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar roʻyhati :
1. „Kemalarni qurishda, ishlatishda, qayta taʼmirlashda majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom“. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan.
2. Oʻzbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan.
3. Kemalarni roʻyhatga olish qoidalari (roʻyhat raqami 2595, 2014-yil 17-iyun).
4. Daryo transportida yuk tashish qoidalari (roʻyhat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun).
5. „Oʻzbekiston Respublikasi ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari“. (roʻyhat raqami 796, 1999-yil 9-iyul).
6. Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari. (roʻyhat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr).
7. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari. (roʻyxat raqami 966, 2000-yil 8-sentabr).
8. Daryo portlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (Mehnat vazirining 2002-yil 30-avgustdagi 133-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan).
9. „Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun bepul maxsus kiyim, poyafzal va boshqa yakka himoya vositalarini berishni namunaviy normalari“ (roʻyhat raqami 1511, 2005-yil 8-sentyabr).
10. „Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari“ (roʻyhat raqami 2067, 2010-yil 14-yanvar).
Daryo transporti toʻgʻrisida maʼlumotlar Daryo transporti boʻlimining Kemachilik inspeksiyasi roʻyhatida Oʻzbekiston Respublikasi ichki suv yoʻllarida va suv xavzalarida foydalanishda boʻlgan jami 224 ta suv transporti vositasi (kemalar) hisobga olingan, shundan:
- transport kemalari – 132 ta;
- texnik kemalar – 74 ta;
- yordamchi kemalar – 14 ta;
- suzuvchan ponton koʻpriklar – 4 ta.
Daryo transporti boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamentining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va Transport vazirligi faoliyatini daryo transporti sohasi boʻyicha masalalari bilan taʼminlaydi.
Daryo transporti boʻlimi tarkibiga quyidagi boʻlinmalar kiradi:
a) Oʻzbekiston kemachiligi registri (keyingi oʻrinlarda – Registr).
b) Kemachilik inspeksiyasi.
Kemachilik registri bosh dvigatelining quvvati 55 kVt va undan ortiq boʻlgan oʻziyurar kemalar, yuk koʻtarish quvvati 80 registr tonna va undan ortiq boʻlgan oʻziyurmas kemalar va suzuvchi vositalarini klassifikatsiya qilish va texnik nazorat olib borishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Kemachilik inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining kema yuradigan ichki suv yoʻllarida ekologiya normalari va inson hayotini muhofaza qilinishiga rioya etgan holda kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan belgilangan vazifalarga muvofiq toʻgʻri foydalanishi, yuklarning xavfsiz va ishonchli tashilishini nazorat qilishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Daryo transporti funksiyalari: Yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan avtomobil yoʻllarida 2020-yilda bajarilgan xamda 2021-yilda bajarilishi rejalashtirilgan yoʻl ishlari toʻgʻrisida maʼlumot.
Respublikada jami 209 496 kilometr avtomobil yoʻli mavjud boʻlib, shundan:
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 2 869 kilometr;
– ichki xoʻjalik yoʻllari – 141 882 kilometr;
– idoraviy yoʻllar – 24 745 kilometrni tashkil etadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari maxus vakolatli organ — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tasarrufida, ichki hoʻjalik yoʻllari – mahlliy davlat xokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yoʻllar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi.
2020-yilda jami 5 186,3 millard soʻm (rejaga nisbatan – 101,8 %) miqdorida avtomobil yoʻllarini qayta qurish, taʼmirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km (rejaga nisbatan – 101,2 %) avtomobil yoʻli qayta qurildi va taʼmirlandi.
Jumladan:
– investitsiya dasturi doirasida 1 137,2 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilib, 146,2 km avtomobil yoʻllari qayta qurildi va taʼmirlandi;
– kapital taʼmirlash dasturi doirasida 352,7 mlrd.soʻm miqdorida mablagʻlar oʻzlashtirilib, 114,2 km avtomobil yoʻli kapital taʼmirlandi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash boʻyicha 1 848,9 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilib, 2 308,0 km avtomobil yoʻli taʼmirlandi;
– ichki hoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha 394,6 mlrd.soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 1 529,2 km ichki yoʻllar taʼmirlandi;
– „Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi“ mablagʻlari xisobidan 1 000,0 mlrd.soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 2026 km yoʻllar taʼmirlandi;
– „Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi“ hsobidan 452,9 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 319 kilometr avtomobil yoʻli taʼmirlandi.
2021-yilda 4 577,4 millard soʻm mablagʻ oʻzlashtiriladi xamda 3 935,8 kilometr avtomobil yoʻllari qayta quriladi va taʼmirlanadi.
Jumladan:
– investitsiya dasturi doirasida 2 165 milliard soʻm mablagʻ oʻzlashtirilib, 95,8 kilometr avtomobil yoʻli qayta quriladi;
– kapital taʼmirlash dasturi doirasida 355 milliard soʻm miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilib, 100 kilometr avtomobil yoʻli kapital taʼmirlanadi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash boʻyicha 1 801,8 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 2 540 kilometr avtomobil yoʻli taʼmirlanadi;
– ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha 255,6 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 1200 kilometr ichki yoʻl taʼmirlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org