Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi. 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv vazirligi ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan.
Asosiy vazifalari
Vazirlik funksiyalari
Rahbariyat
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri — Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Ruzmetov Maqsud Ismoilovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Yuldashev Qahramov Anvardjanovich;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori — To'rayev Alisher Melsovich;
Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Abdualimov Eshmirza O'rolovich;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Shukurov Alisher Nematullayevich;.
2021-yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevning «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmalari tashkil qilindi.
Shuningdek, qarorda 2021-yil 1-martdan vazirlikka toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunuvchi Qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilishi belgilangan. Vazirlik huzuridagi «Monitoring xizmati» davlat muassasasi va vazirlik markaziy apparatidagi Ichki nazorat xizmati negizida Ichki audit va komplayens-nazorat boshqarmasi tashkil etildi. Shu kuni Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda agrar tarmoqni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasiga 24 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirililshi ma’lum qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org