Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati saytiga xakerlik hujumi
2022-yilning 2-noyabrida „MarshGolden“ nomli oʻzbekistonlik xakerlik guruhi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi.
Qisqacha maʼlumot
MarshGolden — Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati rasmiy sayti buzilishi ortidan mashhurlikka erishgan xakerlik guruhi. Guruh nomi reper Eminemning „Marsh“ nomli musiqasi ortidan kelib chiqqan.
Senat saytining buzib kirilishi
2022-yilning 2-noyabr sanasida soat 11:50 lar atrofida Oʻzbekiston Senati vebsaytiga hujum uyushtirildi. Taxminan, Toshkent vaqti bilan 12:04 larga kelib, kiberhujum bartaraf etilgan. MarshGolden tarkibidagi xakerlar 14 yoshli oʻsmirlar ekanligi, faoliyatlarini 2018-yilda boshlaganliklari, shuningdek, Senat saytini ishgʻol qilishdan oldin, 2019-yilda Kundalik.com saytini buzib, oʻz baholarini oʻzgartirganliklari Mening Yurtim telekanali koʻrsatuvi „Markaziy Studiya“ tomonidan iddao qilingan.
Biroq, ushbu xabar Oʻzbekiston Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan inkor etildi hamda saytga uyushtirilgan kiberhujum Namangan viloyatining Norin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan amalga oshirilganligi ochiqlanganini eʼlon qildi. Fuqaro rasmiy Telegram kanal unga tegishliligi,
MarshGolden kiberjamiyati asoschisi ekanligini, shuningdek, Senat rasmiy sayti zaifligi haqida 28-oktyabr sanasida sayt egalarini ogohlantirganini taʼkidlab oʻtdi. U kiberhujumni 2-noyabr kuni soat 11:00 lar atrofida amalga oshirgan. Xaker 3-noyabr kuni fosh etilgan. Senat sayti python dasturlash tili asosida buzilgan.
Kiberxavfsizlik markazi fosh etgan namanganlik xaker (
MarshGolden ) va Markaziy Studiya koʻrsatuviga intervyu bergan va ularning oldida „Xalq soʻzi“ (xs.uz) saytiga oʻz logotipini joylab koʻrsatgan xaker (
GoldenHack ) aslida bir jamiyat aʼzosi ekanliklari ochiqlangan.
Munosabatlar
MarshGolden reaksiyasi Guruh oʻzining rasmiy Telegram kanalida buzib kirish davlat yoki saytning ustidan kulish uchun emas, balki, zaiflikni koʻrsatish maqsadida tashkil etilganligini taʼkidlagan. Saytga buzib kirgan xakerlar „
Kiberxavfsizlik markaziga salomlar “ & „
YOUR SYSTEM HAS BEEN HACKED BY “ yozuvlarini qoldirib ketishgan.
Senatning rasmiy munosabati Ushbu hujum yuzasidan Senat rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlumotda saytning yaqin orada yangi talqini ishga tushirilishga tayyorlanayotganligi, shuningdek, kiberhujumdan soʻng, kiberxavfsizlik boʻlimi saytning yangi versiyasini ustida ishlayotganligi haqida aytib oʻtilgan. Tanzila Norboyevaning matbuot kotibi Hojiakbar Toʻlaganov sayt ishgʻol boʻlganidan keyin qoʻllangan subdomen Senatning yangicha dizayndagi sayti ekani, kiberhujum ortidan test rejimidagi sayt vaqtincha ishga tushirib qoʻyilganini maʼlum qilgan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org