Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi
„Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni — Davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlayotgan, mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlashda, „Yangi Oʻzbekiston“ning yaratilishida alohida fidoyilik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsaida taʼsis etilgan.
Mukofotlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika idoralari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar koʻrib chiqilib tasdiqlansin, shuningdek, mutasaddi rahbarlar
"Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishonlarini Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirishni taʼminlasin.
Taqdirlash tantalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org