O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati




Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) (1991—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash birlashmasi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (2019-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga boʻysungan). Asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat ob’ektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qoʻriqlashni taʼminlashdan iborat. Normativ hujjatlarda Qoʻriqlash xizmati nomi bilan atalishiga qaramay, unga nisbatan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi nomi ham qoʻllaniladi.

Tarixi



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi rasmiy saytida aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida (O'zbek SSR) qoʻriqlash xizmati faoliyati 1952-yilning 29-oktabrida boshlangan. Saf boʻlinmalari faoliyati ilk bora 1964-yilda Chirchiqda tashkil etilgan. 1969-yilda boʻlinma zimmasiga fuqarolar xonadonini texnik vositalar orqali qoʻriqlash yuklatilgan. 1970-yildan boshlab qoʻriqlash xizmati oʻzining xizmat binolariga ega boʻla boshlagan.

SSSR qulab, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan ikki oy oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Respublika Qoʻriqlash birlashmasi tashkil etilgan (keyinchalik nomi Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga oʻzgartirilgan); saf boʻlinmalari tarkibida yangi lavozimlar (mahkama militsiyasi, yoʻnalish militsiyasi) joriy qilingan.

2019-yilning 1-martida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazilgan. Keyinchalik, shu yilning oʻzida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻriqlash xizmati nizomi va uning boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxati tasdiqlab berilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz