Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) – O’zbekiston Respublikasi davlat organi. 1998-yildan eʼtiboran mustaqil organ sifatida amal qiladi. Saylov qonunchiligiga ko’ra O'zbekiston Respublikasi hududida Oliy Majlis, Prezidentlik saylovlari hamda O'zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazadi. MSK kollegial organ bo’lib, davlat hokimiyat organlaridan mustaqildir. MSK faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. MSK qarorlari MSK a’zolarining ochiq majlisida qabul qilinadi. Majlisda a’zolarning 3/2 qismi ishtirok etganda majlis o’tgan hisoblanadi.
MSK eng kamida 15 kishidan iborat tarkibda Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. MSK a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
MSK Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. MSK Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
MSK fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishlari hamda Respublika hududida Saylov kodeksiga amal qilinishini nazorat qiladi. Saylov hamda referendumlarni o’tkazishda jarayonlarni tashkillashtiradi. Saylovni moliyalashtirish hamda byudjet mablag’larining taqsimoti ustidan nazorat o’rnatadi.
Amaldagi MSK 5 ta prezidentlik saylovi (2000, 2007, 2015, 2016, 2021), 5 ta parlament saylovi (1999, 2004, 2009, 2014, 2019) va 1 ta referendum (2002) o’tkazgan.
Oliy Kengash (Oliy Majlis) huzuridagi Markaziy saylov komissiyasi
Oliy Kengash huzuridagi MSK faoliyati davomida quyidagi saylovlar va referendumlarni o’tkazgan:
1990-yil 18-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashiga saylov bo’ldi. Respublika hududida 500 ta saylov okrugining 326 tasida ilk bora muqobillik asosida nomzodlar ko’rsatildi. Saylovning birinchi tur natijalariga ko’ra 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda ikkinchi tur saylov bo’lib o’tdi. Saylangan parlament 1990-1994-yillarda 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi.
1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda 12 chaqiriq O’zbekiston SSSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi bo’ldi. 24-mart kuni “O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida” qonun qabul qilindi.
1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalq fikrini bilish maqsadida
1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralida O’zbekiston Oliy Kengashining rayosati referendum o’tkazishni ma’qulladi. Referendumda ikkita masala ovozga qo’yildi. Ikkinchi byulletenda “Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli Respublika sifatida Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” savoli qo’yilgan edi. 1991-yil 17-mart kuni o’tkazilgan referendumda, ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi “Ha” deb javob berdilar.
O’zbekiston prezidentlik institutining yuzaga kelishi va takomillashuvi
1991-yil 18-noyabrida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qonunda fuqarolarning shu sohadagi saylov huquq, saylov o’tkazish, prezidentlikka nomzodlar ko’rsatish va ularni r’yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi o’z ifodasini topdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish haqidagi masalani ko’rib chiqdi. Mazkur sessiyada
1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi.
1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendum bo’lib o’tdi. Referendumda 0 mln 898 ming 707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 8 mln 514 ming 316 kishi ovoz berishda ishtirok etganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991-yil 29-dekabrdab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qabuldi va Prezidentlik lavozimiga kirishdi.
O’zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda siyosiy islohatlar amalga oshirilar ekan. 1993-yil 28-dekabrida bo’lib o’tgan Oliy Kengashning XIV sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida”gi qonun qaul qilindi.
1994-yil may oyida Oliy Kengash “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunni qabul qildi.
1994-yi 25-dekabrdagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovlariga qizg’in tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Toshkent shahrida Oliy Kengashda bo’shab qolgan deputatlik o’rinlari uchun saylov o’tkazuvchi 30 ta okrug, Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi 60 ta okrug tuzildi. Qonunda belglangan tartibda va tavsiya etilgan vaqtda calendar rejasiga asosan Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi 30 ta saylov Komissiyasi va shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi 60 ta saylov komissiyasi tashkil etildi. Komissiyalar tarkibiga sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash xodimlari va mahalla yig’inlari vakillaridan iborat 810 kishi jalb etildi.
1994-yil 25-dekabrda Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar belgilandi. Saylov kampaniyasini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi. 1994-yil 14-5-noyabrida Toshkentda Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminar bo’lib o’tdi. Seminar-kengashda BMTning O’zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etdi. Saylovlarni o’tkazish uchun Respublikada 250 ta saylov okrugi, 7192 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylov ko’ppartiyaviylik va muqobillik asosida o’tkazilishni ta’minlash uchun qonunda belgilangan muddatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirildi. 135 ta saylov okrugida uchtadan, 106 ta saylov okrugida 2 tadan nomzod ovozga qo’yildi. Saylovda ro’yxatga olingan 17 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi saylovda ishtirok etishdi. Saylov uch tur davom etdi. Ikkinchi tur 1995-yil 8-yanvar, uchinchi tur 25-yanvarda bo’lib o’tdi. 1995-yil 23-fevralida Oliy Majlis ilk sessiyasini o’tkazdi.
1995-yil 23-fevralida Oliy Majlis “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 2000-yilga qadar uzaytirish to’g’risi”da referendum o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur qaror mehnat jamoalar va aholining istiqomat joylarida o’tkazilgan, 6 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan 22 mingdan ortiq yig’ilishda qizg’in qo’llab-quvvatlandi. 1995-yil 26-martda referendum o’tkazildi. Referendum natijalariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilga qadar uzaytirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprelda “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi” qonunni qabul qildi. Qonunga ko’ra Markaziy saylov komissiyasi alohida konstitutsion tuzilma sifatida qaytadan tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasining birinchi Raisi etib Bo’ritosh Mustafoyev saylandi.
Saylov qonunchiligi
Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
Davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andazalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) va „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi.
1991-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar ”, - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 117-modda
Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida“ gi (1993- yil 28- dekabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida“ gi (1994- yil 5- may), „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida“ gi (1994- yil 5- may) Qonunlar shular jumlasidandir. 2019-yil 26-iyunda “Saylov kodeksi” qabul qilindi va yuqoridagi hujjatlar o’z kuchini yo’qotgan deb topildi. Endilikda Respublika hududida o’tkaziladigan barcha turdagi saylov va referendumlar Saylov kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raislari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zolari
2022-yilning fevral oyiga ko’ra MSKning 21 ta a’zosi bor: Manbalar
uz.wikipedia.org