O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar siyosati, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi.
Tarixi
1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi
2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi quyidagi tartibda tasdiqlangan:
Yoshlar ishlari agentligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari
Oliy sport mahorati instituti
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
O‘zbekiston dzyudo akademiyasi
Xalqaro shaxmat akademiyasi
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari
Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi
Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi
Respublika velosport mahorat maktab-internati
Sportning eshkak eshish va gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari
Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi
Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari
Sport maktablari
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
„Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi“ MChJ
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org