Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi — Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Akademiyaning faoliyati nizom asosida amalga oshiriladi.
Tarixi
1932-yilda Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabi sifatida tashkil topgan. 1953-yilda Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabiga aylantirilgan. 1958-1964-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti, 1964-1994 yillarda Toshkent militsiya oliy maktabi bo'lgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 447-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1994-yil 20-oktabrdagi 264-sonli buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi deb qayta nomlangan. Akademiya oliy taʼlimning asosiy va qoʻshimcha kasbiy oʻquv dasturlari asosida taʼlim faoliyatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oʻquv-metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Akademiyaning tuzilishi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akademiyaning tashkiliy shtat tuzilishi tasdiqlangan boʻlib, unga muvofiq taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi:
Akademiya tarkibida 23 ta kafedra mavjud
maʼmuriy huquq, tezkor qidiruv huquqi, kriminalistika, jinoyatlarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish, transportda xavfsizlikni tashkil etish, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari umumiy nazariyasi va amaliyoti, fuqaroviy-huquqiy fanlar, umumharbiy fanlar, jismoniy tayyorgarlik, psixologiya va kasb etikasi, informatika, hisoblash texnikasi va aloqa, tibbiy tayyorgarlik, Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiy fanlar, malaka oshirish fakultetining maxsus fanlar va yuridik fanlar kafedralari, tillar va adabiyot kafedrasi. Shuningdek, Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarda 4 ta sikl: maxsus fanlar, yuridik fanlar, harbiy-xizmat va jismoniy tayyorgarlik hamda gumanitar va ijtimoiy-huquqiy fanlar sikllari mavjud.
Akademiyada oʻquv-tarbiya jarayoni va xizmat olib borishni oʻquv boʻlimi, tarbiyaviy ishlar boʻlimi, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi, saf qismi va shtab tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi dolzarb masalalar loyihasi tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
Moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnik taʼminotni tegishli boʻlim va xizmatlar amalga oshiradi.
Taʼlim muassasasi rahbarlari
Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabining rahbarlari
Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabining boshliqlari
Moskva IIV oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti boshliqlari
Toshkent IIV oliy maktabining boshliqlari
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshliqlari
Mashhur bitiruvchilari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org