Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi




Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (inglizcha: Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan, ruscha: Правоохранительная академия Республики Узбекистан) Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.

Akademiyada 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutgan holda tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura bo‘yicha to‘laqonli o‘quv jarayoni tashkil etildi.

Akademiya tarixi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yilning 7-noyabridagi PQ–727-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi tugatildi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari tashkil etildi.

2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 8-maydagi PF–5438-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

Xronologiya




Akademiya boshliqlari




Tuzilmasi




Yana qarang




Bosh prokurorlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz