Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-mart kunidagi „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼiy nazar tengligini taʼminlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev. Unga qadar bu lavozimda Abduqodir Ahmedov faoliyat yuritgan.
Asosiy vazifalari
Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Quyidagilar tashkilotning asosiy vazifalaridir:
Funksiyalari
Manbalar
uz.wikipedia.org