Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromad va xarajatlar yigʻini hisoblanadi.
Davlat Byudjeti koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasidagi byudjeti koʻrsatkichlari 2010-yildan beri eʼlon qilinib kelsa-da, aniq berilgan byudjet balansi koʻrsatkichlari 2015-yilda beri eʼlon qilinib kelinadi.
Huquqiy jihatdan davlat byudjeti
Davlat byudjetini shakllantirish dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 sanadagi 158-II-sonli qonuniga asosan shakllatirila boshlandi. 2022-yil holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi Davlat byudjeti va byudjega bogʻliq moliyaviy munosabatlar 2014-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan „Byudjet kodeksi“ orqali amalga oshiriladi. Dastlab, tajriba sifatida 2 yil davomida qoʻllanilishi kutilgan hujjat 2022-yilda ham turli kichik oʻzgartirishlar bilan amal qilib kelmoqda.
Tashabbusli byudjet
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadliligini taʼminlash maqsadida 2021-yil 1-iyul sanasidan boshlab „Tashabbusli byudjet“ loyihasi eʼlon qilindi.
Manbalar
uz.wikipedia.org