O'zbekiston Qahramoni




"Oʻzbekiston Qahramoni" — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994-yil 5-mayda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. „Oʻzbekiston Qahramoni“ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan beriladi. Unvonni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin toʻlanadigan ustama mukofot oladilar, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan imtiyozlardan foydalanadilar. „Oltin Yulduz“ medali 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbagʻridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi, ogʻirligi 12,5 f. „Oltin Yulduz“ medali koʻkrakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ faqat bir marta beriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Mukofotlanganlar



1994-yil




1995-yil




1996-yil




1997-yil




1998-yil




1999-yil




2000-yil




2001-yil




2002-yil




2003-yil




2004-yil




2005-yil




2006-yil




2007-yil




2008-yil




2009-yil




2010-yil




2011-yil




2012-yil




2013-yil




2014-yil




2015-yil




2016-yil




2017-yil



2018-yil



2019-yil




2020-yil



2021-yil




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz