Oʻzbekiston Professional Futbolining 1-Ligasi




Oʻzbekiston Pro Ligasi  — professional klublar oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasidan keyin maqomi boʻyicha ikkinchi darajali musobaqa hisoblanadi.

Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab va 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili OʻzPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, Oʻzbekiston Birinchi ligasi — Oʻzbekiston Pro Ligasi nomini oldi.

Oʻzbekiston Pro Ligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Pro Ligasi gʻolibi va 2-oʻrin sohibi Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi, Pro Ligada 3-oʻrinni egallagan klub esa Superligada 12-oʻrinni band etgan jamoaga qarshi Oʻtish oʻyinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional Futbol ligasi Musobaqalar reglamentiga koʻra, Oʻtish oʻyini Pro liga jamoasi maydonida tashkil etiladi.

Mavsum yakunida Pro ligada soʻnggi oʻrinni egallagan klub yangi mavsumni Oʻzbekiston Birinchi ligasida boshlaydi.

Pro liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Liga kubogida ishtirok etadi.

Tarixi



Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 1992-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Ikkinchi darajali musobaqa dastlab Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 1992-2017-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasi sifatida oʻtkazilgan musobaqa 2017-yil 21-noyabr kuni OʻzPFLning tegishli qarori bilan 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro Ligasi deb oʻzgartirildi.

Musobaqada ishtirokchilari soni turli yillarda turlicha boʻlgan. 2018-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasida 16 ta jamoa ikki bosqichli tizimda (30 tur), uy va mehmonda ishtirok etdi. 2019-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilib 24 ta klub 4 davrali tizimda oʻynadi (28 tur, 2 ta uy va safarda). 2020-yildan Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilishi tugatilib, 10 ta jamoadan iborat yaxlit ligaga aylantirildi va B liga oʻrnida Oʻzbekiston Birinchi ligasi (ahamiyati jihatidan futbol tuzilmasida 3-darjali liga) tashkil etildi.
Ayni paytda Pro ligada ishtirokchi jamoalar soni 10tani tashkil etadi.

Liganing tuzilishi



Pro liga jami 28 turdan iborat ikki bosqichli va toʻrt davrali tizimda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda 10 ta klub 9 ta uy va 9 ta safar (ikki davra) — jami 18 ta tur uchrashuvida maydonga tushadi. 18-turdan keyin jadval teng ikki qismga boʻlinadi. Bunda yuqori beshlik Superliga yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub oʻzaro yana 4 ta uy va 4 ta safar (yana ikki davra) — jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Quyi beshlik Pro ligadagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub oʻzaro 4 ta uy va 4 ta safar (yana ikki davra) — 8 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Shunda Pro liganing barcha ishtirokchilari umumiy 26 tadan oʻyin oʻtkazadi.
Pro liganing barcha ishtirokchi klublari oʻz tuzilmasida, shuningdek, U-19 jamoasiga ham ega. Ushbu jamoalari Superliga klublarining U-19 tarkiblari qatori umumiy Oʻzbekiston U-19 chempionatida ishtirok etadi.

Media qamrovi



Oʻzbekiston Pro Ligasi uchrashuvlari Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali namoyish etiladi. Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining Uzreport TV bilan Pro liga uchrashuvlari teletranslyatsiyasi boʻyicha tuzgan shartnomasi 2024-yil 31-dekabrga qadar moʻljallangan. Rejaga muvofiq, Uzreport TV Pro liga uchrashuvlari jonli translyatsiyasi sonini yildan-yilga koʻpaytirib bormoqda.

Homiylar



Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Pro liga darajasini oshirish boʻyicha 2020-yildan boshlab koʻplab loyihalarni amalga tatbiq etib kelyapti. 2021-yilda Uzreport TV va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Volkswagen bilan ilk homiylik shartnomasi imzolashdi va shu tariqa tarixda ilk marta Oʻzbekiston Pro ligasi oʻz homiysiga ega boʻldi.

Joriy jamoalar — Stadion va joylar




Jamoa oʻzgarishlari



Reyting jadval 1992—2022-yillardagi mavsumlardagi natijlari asosida tuzilgan.

Umumuiy reyting jadvali




Barcha mavsumlar chempionlar, sovrindorlar va toʻpurarlar




Eng yaxshi toʻpurarlar




Klublar boʻyicha gʻalabalar soni




Mavsumlar boʻyicha Pro liga sovrindor jamoalari murabbiylari




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz