Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2016)




Oʻzbekiston Prezidenti saylovi  — 2016-yilning 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari.

Saylov



2016-yil 2-sentyabr kuni amaldagi Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi kunini belgiladi. Saylovoldi kampaniyasiga 9-sentyabrdan ruxsat berildi. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodlar 30-sentyabrdan 20-oktabrgacha taqdim etildi. Dastlabki natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev gʻolib boʻldi.

Natijalar



2016-yil 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz