O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarida




Oʻzbekiston 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida pauerlifting boʻyicha yagona vakili (Yusup Qodirov) bilan debyut qilgan. Erkaklar oʻrtasida 75 kg boʻlgan vazn toifasida Qodirov shtangani koʻtara olmadi. Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga pauerlifting va suzish boʻyicha ikkita sportchini yuborgan, biroq ular ham birorta ham medalni qoʻlga kirita olishmagan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida para-dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Sharif Xalilov Oʻzbekiston hisobidagi ilk medalni (kumush) qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston uchun Paralimpiya oʻyinlarining eng muvaffaqiyatli natijasi 2016-yili Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan boʻlib, ular jami 31 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida kuchli yigirmatalikka kirgan edi. Oʻzbekiston paralimpiyachilari 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, biroq medal olisholmagan.

Medallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz