O‘zbekiston O‘simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot Instituti
Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — oʻsimlikshunoslik boʻyicha yirik ilmiy-uslubiy markaz. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1925-yilda N. M. Vavilov tashabbusi bilan Leningrad Amaliy botanika, genetika va seleksiya institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi tashkil etilgan. 1935-yildan Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasi, 1979-yildan shu institutining Oʻrta Osiyo filiali. 1991-yildan hozirgi nomda. Toshkent viloyati Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining namunalarini yigʻish va institutroduksiya qilish; institutroduksiya qilingan oʻsimliklarni karantin koʻrigidan oʻtkazish; oʻsimliklar genofondini saqlash va boyitish; qishloq xoʻjaligi ekinlarini atroflicha toʻla oʻrganish asosida seleksiya maskanlariga qimmatli xoʻjalik belgi va xususiyatlarga ega donorlar va birlamchi manbalar yetkazib berish; ekinlarning yangi navlarini yaratish; yangi, noanʼanaviy ekinlarni ishlab chiqarishga joriy etish; Institutda yaratilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining birlamchi urugʻchiligini olib borish va bilan shugʻullanadi. institut tarkibida (2005): oʻsimliklar genetik resurslarini hujjatlashtirish; institutroduksiya; dala ekinlari; texnika ekinlari; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka; mevarezavor ekinlari boʻlimlari, urugʻshunoslik; moyli ekinlar; uzumchilik; biokimyo laboratoriyalari, Andijon (Jalolquduq tumani Jalaquduq shirkat xoʻjaligi), Surxondaryo (Jarqoʻrgʻon tumani "Surxon" shirkat xoʻjaligi) tajriba xoʻjaliklari bor. Institutda oʻsimliklar genetik resurslari oʻrta muddatlarda (15—20 yil) saqlanadigan genlar banki — qishloq xoʻjaligi ekinlari genofondi yaratilgan. Ilmiy kutubxona, muzey faoliyat koʻrsatadi. Institutga ajratilgan umumiy yer maydoni 395 ga, shundan ekiladigan yer maydoni Qibray tumanida 135 ga, tajriba xoʻjaliklarida 195 ga (Andijon tajriba xoʻjaligida 45 ga, Surxondaryo tajriba xoʻjaligida 150 ga). Har yili 59 ga ochiq yer maydoniga dala, texnika, sabzavot va poliz, vegetativ holda koʻpayuvchi, respublika uchun noanʼanaviy boʻlgan ekinlarning 3000 ga yaqin namunalari ekilib, urugʻlari genlar bankida saqlash uchun olinadi. institut 80 turdan ortiq ekinlarning 30 ming dan koʻproq nav namunalariga ega. Institutda 26 ga maydonda tok kolleksiya bogʻi (1580 namuna), 46 ga maydonda mevarezavor ekinlari kolleksiya bogʻi (4013 namuna) tashkil etilgan, gʻoʻza namunalarining mamlakatda yagona boʻlgan tur, ish va dublet kolleksiyasida 5400 dan ortiq namuna saqlanadi. 80 yil davomida Davlat nav sinash komissiyasiga qishloq xoʻjaligi ekinlarining 750 dan ortiq navlari topshirilgan va shundan 240 tasi turli ylarda rayonlashtirilgan. 2005-yilda Oʻzbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining 78 ta navi institut olimlari tomonidan yaratilgan navlardir. institut olimlari oʻsimlikshunoslikka oid 250 katalog, 29 ilmiy toʻplam, uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, tavsiyanomalar yaratdilar.
Institut faoliyati S.M.Pereskokov, N.G.Ruban, M.V.Muhammadjonov, V.P. Gorbunov, I.M.Pugachev, yilF. Uzoqov, K.I.Pangalo, M.G.Popov, K.A. Visotskiy, M.S.Juravel, V.K.Kobelev, I.A.Maksimov, V.P.Matveyev, P.A. Baranov, M.M.Negrul, K.F.Kostina, V.A.Arzumanov, Gʻ.Q.Qurbonov, A.R. Shreder, K.I.Baymetov, B.X.Sattorov va boshqalar koʻplab olimlar faoliyati bilan bogʻliq. Institutda 300 ga yaqin xodim, jumladan, 2 fan doktori, 14 fan nomzodlari ishladi (2005). Institutda ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash, seleksiya va urugʻchilik, oʻsimlikshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha aspirantura bor.
Institut jahonning yirik ilmiy tashkilotlari va genlar banklari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari oʻrnatgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot Instituti — bu O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, o‘simlikshunoslik sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish va yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Tarixi va Maqsadlari
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot Instituti uzoq yillik an’anaga ega bo‘lib, o‘z faoliyati davomida respublikada o‘simlikshunoslik sohasida muhim ilmiy yutuqlarga erishgan. Institutning asosiy maqsadi — qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni yanada samarali yetishtirish, yangi o‘simlik turlarini va navlarini yaratish, shuningdek, o‘simliklarni kasalliklar va zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishdir.
Faoliyat Yo‘nalishlari
- O‘simliklarni selektsiya va genetika: yangi yuqori hosildor va qishloq xo‘jaligiga mos o‘simlik navlarini yaratish.
- Fitopatologiya: o‘simlik kasalliklarini aniqlash, oldini olish va ularga qarshi kurashish usullarini ishlab chiqish.
- Entomologiya: qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazuvchi hasharotlar va ularning biologiyasini o‘rganish.
- Agrobiologiya: o‘simliklarning o‘sish sharoitlari va ularni optimallashtirish.
- Resurslarni boshqarish va barqaror qishloq xo‘jaligi: tabiiy resurslarni tejash va barqaror rivojlanishni ta’minlash.
Ilmiy va amaliy ahamiyati
Institutning ilmiy ishlari asosida yangi texnologiyalar yaratiladi, ular qishloq xo‘jaligida amaliy qo‘llanilib, hosildorlikni oshirishga, sifatni yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, institut qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlashga ham hissa qo‘shadi.
Hamkorlik va Rivojlanish
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot Instituti xalqaro va mahalliy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantiradi va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishda doimiy taraqqiyotga intiladi.
Xulosa
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot Instituti mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishi, ekologik toza va yuqori sifatli o‘simlik mahsulotlarini yetishtirishda muhim rol o‘ynaydigan yetakchi ilmiy markazlardan biridir.