Oʻzbekiston Oliy Ligasi




Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi — Oliy liga) — Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca-Cola Superligasi deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Musobaqa formati



Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish OʻzPFL tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda, jami 26 ta oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U-21 chempionati oʻyini ham oʻtkaziladi.

Tarixi



Mustaqil Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.

Klublar



Oʻzbekiston klublari ichida eng sovrindori — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 15 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.

Superligada legionerlar limiti



OʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlari



Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi — Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa — Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Mavsumlardagi sovrindorlar



Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Pro ligaga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi.

Sovrindor klublar



„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar — „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.

Liganing barcha vaqt jadvali,1992—2022-yilgi mavsum

Superliga futbolchilarining rekordlari




Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va Toʻpurarlar roʻyxati



Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jafar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.

Sovrindor klublar




Toʻpurarlar



Yil boʻyicha




Homiylar



Dastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca Cola Superliga deb yuritiladi.

Mukofotlar



Kubok



Superligada ikkita kubok mavjud - haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qo'lida) va zaxira nusxasi. Mavsumning so'nggi kunida ikkita klub haligacha Ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lgan taqdirda, sovrinni qo'lga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok o'tkaziladi. Mavsumning so'nggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz