Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida
Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya oʻyinlarida 1952-yildan buyon (1992-yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996-yildan e'tiboran mustaqil davlat vakili sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).
Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari
Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari
Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar
Oʻzbekistonlik sportchilarning Yozgi Olimpiya Oʻyinlaridagi ishtiroklari
1. 1996-yil — Atlanta (AQSh) XXVI — yozgi Olimpiada Oʻzbekiston sharafini 76 nafar sportchilarimiz sportning 13 turida himoya qilishgan.
-Armen Bogdasarov (dzyudo) — kumush
-Karim Toʻlaganov (boks) — bronza
-Umumjamoa hisobida: — 197 davlat orasida 58-oʻrinni egallagan.
2. 2000-yil — Sidney (Avstraliya) XXVII — yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham yurtimiz sharafini 76 nafar sportchilarimiz sportning 13 ta turida himoya qilishgan. *Bayroqdor: Muhammadqodir Abdullaev
-Muhammadqodir Abdullaev (boks) — oltin
-Artur Taymazov (erkin kurash) — kumush
-Sergey Mixaylov (boks) — bronza
-Rustam Saidov (boks) — bronza
-Umumjamoa hisobida: — 199 davlat orasida 42-oʻrin
3. 2004-yil — Afina (Yunoniston) XXVIII — yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 69 nafar sportchi sportning 15 ta turida himoya qilishgan.
-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin
-Aleksandr Dokturishvili (yunon-rum kurashi) — oltin
-Magamed Ibragimov (erkin kurash) — kumush
-Bahodir Sultonov (boks) — bronza
-Oʻtkirbek Haydarov (boks) — bronza
-Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 34-oʻrin
4. 2008-yil — Pekin (Xitoy) XXIX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 58 nafar sportchilarimiz 15 ta sport turida himoya qilishgan.
-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin
-Abdullo Tangriev (dzyudo) — kumush
-Soslan Tigiev (erkin kurash) — kumush
-Rishod Sobirov (dzyudo) — bronza
-Anton Fokin (sport gimnastikasi) — bronza
-Yekaterina Xilko (trampolin) — bronza
-Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 40-oʻrin
5. 2012-yil — London (Buyuk Britaniya) XXX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 53 nafar sportchilarimiz 15 ta sport turida himoya qilishgan.
-Artur Taymazov (erkin kurash) — oltin
-Rishod Sobirov (dzyudo) — bronza
-Abbos Atoev (boks) — bronza
-Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47-oʻrin
Sport turlari bo'yicha qo'lga kiritilgan medallar
Yozgi sport turlari
Qishki sport turlari
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org