Oʻzbekiston mustaqilligi boʻyicha referendum (1991)




Oʻzbekiston Respublikasida 1991-yil 29-dekabrda prezidentlik saylovlari bilan bir qatorda, mustaqillik referendumi ham boʻlib oʻtdi,

Mart oyida SSSRda oʻtkazilgan kengqamrovli referendumda Oʻzbekiston SSR saylovchilarining 95 foizi Sovet Ittifoqini saqlab qolish uchun ovoz bergan.

Biroq, avgustdagi davlat toʻntarishiga urinish ortidan mustaqillikka erishishga qaror qilindi. Keyinchalik, shu yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilindi hamda Sovet Ittifoqi 1991-yil 26-dekabrda referendumdan uch kun avval oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendum



1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida referendum oʻtkazish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilingan. Referendum oʻtkazish vaqti 1991-yil 29-dekabr kuni boʻlishi haqidagi qarori qabul qilingan.

Saylov



Birinchi marta 1991-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini qoʻlga kiritish masalasi boʻyicha referendum boʻlib oʻtgan. Saylov natijalariga koʻra, Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan, referendum natijalariga koʻra, aholining mutlaq koʻpchiligi Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini maʼqullagan.

Natija




Yana qara




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz