O`zbekiston Muskati




Oʻzbekiston muskati — xoʻraki va vinobop uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida Kattaqoʻrtn va Aleksandriya muskati navlarini chatishtirib chiqarilgan (AM.

Negrul, M.S.Juravel). Tupi kuchli oʻsadi, bargi oʻrtacha, toʻgarak, sal kerriq, poʻsti qalin, etdor, sershira, karsillaydi, muskat taʼmli. Tarkibida 22—25% qand, 4—4,5% kislota bor. Hosili faol harorat yigʻindisi 2900— 3000° da 156 —160 kunda, sentabr boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi 400—450 s/ga. Yangiligida yeyiladi, sifatli mayiz tayyorlanadi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past (tupi qishda koʻmiladi). Zararkunandalarga chidamli. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi (yana qarang Muskat).

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz