Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali
Koordinatalari: 40°8′23.756036457898″N 67°49′16.286353477265″E / 40.13993223234941610°N 67.82119065374368461°E / 40.13993223234941610; 67.82119065374368461 G O
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati, Jizzax shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi. 2019-yilda tashkil topgan.
Tarixi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5 iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019-yil 10 iyuldagi 261-sonli qarori bilan Jizzax shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tashkil etildi.
2019/2020 oʻquv yilida filialda davlat byuurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari OʻzR taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining 2019-2020 oʻquv yiliga toʻrtta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul rejasi quyidagicha tasdiqlandi:
Psixologiya (oila psixologiyasi) 50 nafar
Psixologiya (yoshlar psixologiyasi) 25 nafar
Amaliy matematika va informatika 50 nafar
Informatika va axborot texnologiyalari 25 nafar
Filialda tanlov asosida taʼlim sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida OAK tomonidan 30 nafar yuqori malakali professor-oʻqituvchilar nomzodlari yuborilgan, bulardan texnika fanlari doktori, dotsent Raximov Nodir Odilovich oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Axatov Akmal Rustamovich ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha filial direktor oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Nosirov Bunyod Oʻralovich psixologiya kafedrasi mudiri lavozimlariga belgilangan tartib asosida tayinlandi.
Shu bilan bir qatorda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti „Falsafa va mantiq“ kafedrasi professori Shermuhammedova Nigina Aslanovna, Samarqand Davlat universiteti „Differensial tenglamalar“ kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor H.Hasanovlar ham belgilangan tartib asosida ishga qabul qilindi.
Filialda xorijiy davlatlarning etakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish orqali oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini va masofaviy oʻqitish usullarini joriy etish rejalashtirilgan.
Xorijiy davlatlarning etakchi oliy taʼlim muassasalari bilan, jumladan, psixologiya sohasi boʻyicha yetakchi kadrlar tayyorlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda (3+1) qoʻshma taʼlimi dasturi doirasida 2019-2020 oʻquv yili uchun qabul rejasi 25 nafar etib belgilandi va 87 nafar abiturientlar hujjat va kirish imtihonlarini topshirdi.
Filial va Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom berish hamda oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda filialga tanlov asosida, shu jumladan, psixologiya sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-oʻqituvchilar jalb qilinmoqda.
Rossiya Federatsiyasining etakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan psixologiyaning ilmiy vazifalarini xal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish istiqbolli vazifa sifatida rejalashtirilgan.
Fakultetlar
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialida 2 ta fakultet mavjud.
Amaliy matematika fakulteti
Respublika fan, taʼlim sohalari va real iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2019-2020 oʻquv yilida toʻrtta taʼlim yoʻnalishi: Psixologiya (oila psixologiyasi), Psixologiya (yoshlar psixologiyasi), Amaliy matematika va informatika, Informatika va axborot texnologiyalari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash maqsadida Amaliy matematika fakultetida 2019-yildan oʻqish jarayonlari tashkil etildi.
Fakultetda 6 nafar fan doktori, 2 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) va 10 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Fakultet kafedralari
uz.wikipedia.org