O'zbekiston Milliy arxivi
O‘zbekiston Milliy arxivi (sobiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, 2019-yildan Oʻzbekiston milliy arxivi) respublika miqyosidagi
muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
„O‘zarxiv“ agentligiga bo‘ysunadi. O‘z MA arxivshunoslik, hujjatshunosli ,
arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada ol b
borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi.
Tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxivi) O‘zbekiston SSR
Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markazi y davlat arxivi va markaziy
davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning
soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat a rxivlari ichida
eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha
bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda.
Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi
fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida
hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid
masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi.
Vaqf hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid.
O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga
oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917
yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud.
Oʻzbekiston Milliy arxiv tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, maʼruzalarni o‘tkazish;
Bugungi kunda O‘z MA arxivshunoslik va hujjatshunoslik sohasi bo‘yicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:
Adabiyotlar
1.Rashidov O. Oʻzbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent-2019. 89-93-betlar.
uz.wikipedia.org