O'zbekiston Kubogi




Oʻzbekiston Kubogi  — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.

Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Super ligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).

„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbaxor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ esa 3 ta bilan uchinchi oʻrinda. „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda "Navbahor"ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.

Finnallar tarixi



Qiziqarli faktlar[2]




Eng koʻp gol urilgan oʻyin : „Paxtakor“ — „Neftchi“ 6:3 (qoʻshimcha vaqtda) 2001/2002-yillar

Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga,7 bor qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 76 marta toʻp darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi — Mateus Lima hisoblanadi („Nasaf“).

Stadionlar



Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: "Paxtakor"  markaziy stadioni — 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda.

Eng koʻp tomoshabin kirgan final: „Doʻstlik“ — „Samarqand“ (30000 tomoshabin) 1999/2000-yillar

Yillar boʻyicha gʻoliblar




Final




Sovrindor klublar




Sovet ittifoqi tarkibida Oʻzbekiston SSR Kubogining mahalliy chempionlari



Asosiy maqola: Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR kubogi

Hakamlar



Tarixga nazar solsak, Oʻzbekiston kubogining ortda qolgan 28 finalida 16 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh boʻlamiz. Ilk finalda (1992-yil) ishlash baxti marhum hakam Gali Imomov ga nasib qilgan edi.

Rekord

Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yoʻq. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor.

SHuningdek, Ravshan Ermatov qatorasiga finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi (5). 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini aynan Ermatov boshqargan edi.

Xorijlik referilar

Mamlakat kubogining hal qiluvchi oʻyinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014-yil yakunida oʻtgan „Lokomotiv“ 1:0 „Bunyodkor“ oʻyinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017-yilda poytaxtning yana oʻsha klublari oʻrtasida "Bunyodkor" stadionida oʻtkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.

Eng qattiqqoʻl

Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomo v hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov barchadan oldinda (2). U 2018-yilning 28-oktyabr kuni Fargʻonada oʻtkazilgan AGMK 3:1 „Paxtakor“ bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati: (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)




Eng yaxshi toʻpurarlar



Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :



Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.

Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar :




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz