Oʻzbekiston konstitutsiyaviy referendumi (2023)
Oʻzbekiston konstitutsiyasi referendumi — 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha umumxalq referendumi. „Konstitutsiya oʻzimizniki“ va „Befarq emasman“ shiorlari ostida oʻtkazildi.
Tarixi
Oʻzbekiston Konstitutsiyasini yangilash zarurati 2021-yilning 6-oktabr kuni ikkinchi muddatga saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan. Yangi tahrirdagi konstitutsiya zamon talabiga muvofiq takomillashtirilishi kerakligi alohida taʼkidlangan. 2022-yil 20-may kuni Konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlangan. Komissiya tarkibidan
Akmal Saidov, Murod Kamolov, Qutbiddin Burxonov, Aktam Hayitov, Alisher Qodirov, Odiljon Tojiyev, Mirakbar Rahmonqulov, Shuhrat Choʻlliyev, Muxtabar Xusanova, Rahim Hakimov, Mirafzal Miroqulov, Nodir Muxtorov, Gulnoza Ismoilova, Umid Obidxoʻjayev, Ulugʻbek Inoyatov, Zuhra Ibrohimova, Xayrillo Gʻafforov, Jahongir Shirinov, Sharofiddin Nazarov, Erkin Salixov, Ilhom Abdullayev, Bobur Bekmurodov, Viktor Pak, Qodir Joʻrayev, Shuhrat Polvonov, Adham Shodmonov, Yelena Kompolshchik, Davron Oripov, Toʻlqinjon Karimov, Inomjon Qudratov, Zafar Xudoyberdiyev, Malika Qodirxonova, Bahodir Tojiyev, Narimon Umarov, Boriy Alixanov, Qudratilla Rafiqov, Sodiqjon Turdiyev, Rustam Xolmurodov, Guliston Annaklicheva, Nusratulla Pardayev, Ikromxon Najmiddinov, Baxtigul Boʻtayeva, Hayotxon Ortiqboyeva, Abdurahim Erkayev, Dilbar Orziyeva, Gulnora Maʼrufova kabi mas’ullar joy olgan. 26-maydan fuqarolardan "Mening konstitutsiyam" portali, Telegram-bot va koll-markaz orqali taklif yig'ish boshlandi. Hududlar taqsimoti bo'yicha Toshkent shahri eng faol ekanligi va ular berayotgan takliflarda asosan jinoyat sodir etgan mansabdorlarga beriladigan jazoni og'irlashtirish kerakligi qayd etildi. 18-iyun kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Owen Murphy Oliy Majlis deputatlariga ikkita taklifni ilgari surgan. Birinchisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda qo‘yilgan talablar – respublika hududida muayyan muddat yashagani (o‘troqlik senzi) hamda til bilishiga oid talablarni olib tashlash, ikkinchisi, muomala layoqati cheklanganlarga, ya’ni aqli norasolarga ham saylash huquqini berish. Shavkat Mirziyoyev referendum o‘tkazishni taklif qildi va o'z takliflarini berdi:
Albatta, xalqimizdan Komissiyaga kelib tushgan barcha muhim va dolzarb takliflarni bugun Sizlar bilan batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Men ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdim, xolos. Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman. To‘g‘ri, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega. Lekin, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyilga to‘la mos keladi. Shunda har bir vatandoshimiz “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi
Kiritiladigan oʻzgarishlar
Oʻzgartirish kiritish takliflaridagi tushunmovchiliklar ortidan Qoraqalpogʻistonda noroziliklar boʻlib oʻtgan. Namoyishlar tinchib, aybdorlar jazolangach, yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlash jarayoni boshlandi. Jami 257ta norma va 64ta modda oʻzgarishi eʼlon qilindi.
Referendumga munosabat
Natijalar
Manbalar
uz.wikipedia.org