O'zbekiston Konstitutsiyasi




Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi  – Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjat.

Yangi konstitutsiya tahriri



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri2023- yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Tarixi



1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.

Kiritilgan oʻzgarishlar




Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14-marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

Shuningdek:
2021-yil 8-fevral kuni „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi. Oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:

Tuzilish jihatdan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. SHu kundan boshlab Oʻzbekiston ham oʻz konstitutsiyasiga ega boʻldi

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz