Oʻzbekiston futbol ligasi tizimi




Oʻzbekistonda futbol ligalari tizimi hozirda toʻrt darajadan iborat.

Joriy tuzilma



Mamlakat futbol ligalari ikki tashkilot, birinchi navbatda Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi ( Oʻzbekiston PFL ) va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ( OʻFA ) tomonidan boshqariladi. 1992-2009-yillarda mamlakat futbol ligalari tizimi toʻliq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilib kelingan edi. (u assotsiatsiyaga aylantirilgan, 2018-yil yanvar oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylangan), 2009-yilgacha O‘zbekiston Professional futbol ligasi tuzilmasidan avval, unga mamlakat futbol ligalarini boshqarish va nazorat qilish huquqi berildi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bugungi kunda eng muhimi, mamlakatning butun futbol tuzilmasini, shuningdek, turli jamoalar (milliy, olimpiya, yoshlar, Oʻzbekiston ayollar terma jamoalari), mamlakat kubogi turnirlarini (Oʻzbekiston kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi) boshqaradi va nazorat qiladi. Oʻzbekiston PFL kubogiga ham mezbonlik qiladi. Musoboqalarni tashkil etishda Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi birgalikda oʻzro muvofiqlikda oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Pro ligasi, Oʻzbekiston Birinchi ligasi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston Kubogi, Oʻzbekiston Liga kubogi, Ayollar liga va kubok baxslari, futzal liga va kubok musoboqalarini oʻtkazib kelmoqda. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Milliy terma jamoalarining oʻyinlarini tashkil etish, musoboqalarga tayyorlash va xalqaro musoboqalarni Oʻzbekistonda qabul qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi (viloyat chempionatlari erkaklar va ayollar oʻrtasida), Oʻzbekiston futzal ikkinchi liga chempionatlari, Oʻzbekiston sohil futboli chempionatlari va havaskorlar musoboqalarni tashkil etadi va musoboqalarga mezbonlik qiladi

Futbol tuzilmasi



2022-yil yanvar holatiga koʻra joriy.

Yana qarang




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz