O`zbekiston Fa Polimerlar Kimyosi Va Fizikasi Instituti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti — ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1981-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi polimerlar kimyosi boʻlimi (1979) negizida tashkil etilgan. Institutning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi talab etiladigan xossalarga ega boʻlgan polimerlar va kompozitsion polimer materiallarning yangi turlarini sintez qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va ishlab chiqarish texnologiyasini tashkil etishdan iborat. Institutda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarlar natijasida qishloq xoʻjaligi va tibbiyot uchun zarur bio-logik faol polimerlar sintezi yoʻlga qoʻyildi, oʻsishni boshqaruvchi, bakteritsid, fungitsid va immunomodullash xususiyatiga ega boʻlgan polimer tizimlarining yangi turlarini sintez qilishga sinergetik yondoshish joriy etildi, kimyoviy modullash usuli bilan farmatsev-tikada keng qoʻllanishi mumkin boʻlgan ekologik toza polisaxaridlar sintezi har taraflama oʻrganildi. Paxta momigʻidan turli maqsadlarga moʻljallangan paxta sellyulozasi olindi, uni karboksime-tillash, atsezillash mumkinligi aniqlandi, kukun va monokristall holatdagi sellyuloza olish texnologiyalari ishlab chiqildi va ular asosida dori-darmonlar, tibbiyot uchun zarur mahsulotlar olindi. Oʻsimliklarning kimyoviy himoya vositalari sifatida suvda eruvchan, kam zararli polimer dorivor shak-li, biologik faol komponentlar sama-radorligini oshiruvchi, paxta, sholi, qand lavlagi, makkajoʻxori va bugʻdoy urugʻlarini kapsulalashning ekologik xavfsiz texnologiyalari ishlab chiqildi. Oʻsimliklarni kimyoviy himoyalashga yoʻnaltirilgan, fungitsid va oʻsishni boshqaruvchi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uru-gʻini kapsulalash vositasi — "Oʻzxitan", fungitsid xossali oksadeksil kimyoviy vositaning urugʻlik chigitni kapsulalashda qoʻllanadigan polimer shakli — "Po-lisand", qayta ishlashga yaroqli "Paxta sellyuloza"si qogʻozi "Novilon", "Kago-sel", "Nitroglitserin", "Limonli pek-tin", "Mikrotsel" kabi dorivor moddalar olindi va amaliyotga tavsiya etildi. Polimerlar kimyosi va fizikasining istiqbolli kelajagi — nanopolimerlarning yangi turlarini sintez qilish, polimer tizimlarida nanostrukturalarning shakllanish mexanizmlarini tek-shirish, ularni barqarorlashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Institutda 8 ta laboratoriya boʻlib, ularda 120 dan ortiq xodim ishlaydi, shulardan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi I akademik (S.Sh. Rashido-va), 8 fan doktori, 24 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2005).
Yana q.
Manbalar
uz.wikipedia.org