O`zbekiston FA I.M.Mo`minov nomidagi Falsafa va huquq instituti




Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi I.M.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti — falsafa va huquq fanlari sohasida ilmiy tadqiqotlarlar olib boruvchi muassasa. Oʻzbekistonda huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, milliy istiklol gʻoyasi va uni singdirish muammolarini tadqiq etish, shu sohalarda yuqori malakali xodimlar tayyorlash institutning asosiy vazifasidir. Toshkentda 1958-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi huzuridagi Falsafa va huquq boʻlimi asosida tashkil etilgan. I.M.Moʻminov institutning tashkilotchisi va birinchi direktori boʻlgan (1975-yilda institutga uning nomi berilgan).

Institut olimlari 3 ta fundamental, 11 ta amaliy, 1 ta innovatsiyey mavzularni tadqiq etish bilan birga, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fundamental tadqiqotlarni qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasining 2 ta mavzui boʻyicha ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, institutda milliy istiqol gʻoyasi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish va davlat hayotini erkinlashtirish muammolari bilan bogʻliq 15 ta mavzu boʻyicha ilmiy tadqiqotlarlar olib borilayapti.

Institutning falsafa boʻlimlarida ajdodlarimizning falsafiy ilmiy merosini yangicha metodologik, nazariygʻoyaviy yondashuvlar asosida tadqiq etish; milliy va umuminsoniy kadriyatlarni oʻrganish, tiklash, hayotga joriy qilish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Huquq boʻlimlarida Oʻzbekistonda adolatli demokratik xuquqiy davlat qurishning asosiy tamoyillari, huquqiy davlatchilikning konstituiiyaviy asoslarini yaratish muammolari, islom huquqshunosligi oʻrganilyapti. Tadqiqotlar natijalari oʻquv dasturlari, darsliklar, monografiya, risola va maqolalar tarzida chop etilmokda.

Keyingi paytda institut olimlari mutaxassislar bilan birgalikda "Mustaqillik lugʻati" (22 b.t.), "Falsafa: qomusiy lugʻat" (75 b.t.), "Falsafa: qisqacha izohli lugʻat" (25 b.t.), "Jahon falsafasi tarixidan lavhalar", "Gʻarb falsafasi" va boshqa kitoblarni nashr etdi. Institutda Sharq madaniyati, falsafasini oʻrganish yoʻlga qoʻyildi, oʻzbek va sharq xalqlari tafakkuridagi mushtaraklik va oʻziga xoslik masalalariga oid asarlar tayyorlanmokda. Institut Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hammuassislikda "Falsafa va huquq" jurnalni nashr etadi. Institutda 13 fan doktori, 20 ga yaqin fan nomzodi hamda ilmiy xodimlar ishlaydi (2004). Institut. huzurida nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha ixtisoslashgan kengash, aspirantura, doktorantura bor. Institutda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad.lari M.Barashov, A.Valiyev, M. Xayrullayev, SShermuhamedov, H. Sulaymonova, muxbir aʼzosi O.Eshonov va boshqa faoliyat koʻrsatishgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz