O‘zbekiston ekologik harakati
Oʻzbekiston ekologik partiyasi bilan adashtirib yuborilmasin.
O‘zbekiston ekologik harakati — Oʻzbekistondagi siyosiy harakatlardan biri
Tarixi
O‘zbekiston ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan. 2008 yil 20 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ekoharakat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o‘rniga ega. Ekoharakatning Respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston ekologik harakatining hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda.
Maqsadi
Ekoharakat — jamiyatning barcha kuchlari, O‘zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bo‘lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan say’-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. „Sog‘lom muhit — inson salomatligi“ Ekoharakatning bosh shioridir.
Vazifalari
O‘zbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:
Ekoharakat „Jamiyat“ ijtimoiy-siyosiy va „Ekohayot“ ijtimoiy-iqtisodiy gazetalariga hammuassis hisoblanadi. „Buloqcha“ („Rodnichok“) bolalar ekologik jurnali o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda.
Manbalar
Andoza:Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar va harakatlar
uz.wikipedia.org