O`zbekiston Dizaynerlar Uyushmasi




Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi — professional dizaynerlarni birlashtirgan ijodiy jamoat tashkiloti. 1988-yilda Toshkent shahrida tuzilgan. Oliy rahbar organi — Sʼyezd; sʼyezdlar oraligʻida har 5 yilda saylanadigan Kengash (rais, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari) boshqaradi. Uyushmaning asosiy vazifasi: respublikada dizaynerlik faoliyatini rivojlantirish, dizaynni, milliy dizayn yutuklarini aholi orasida va sanoatda (Oʻzbekiston sanoatini tashqi bozorga muvofiqlashtirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) keng targʻib qilish, dizaynerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yordam berish. Uyushma Respublikada koʻrgazmalar ("Oʻzbekistonda dizayn", "Dizayn va toʻqimachilik", "Sharq libosi — dizaynerlar ijod manbai" va boshqalar), festivallar ("Bolajonlar — shirintoylar", "Moda — 2005" va boshqalar) uyushtiradi; xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Turli sohalarda xizmat qiluvchi uyushma aʼzolari interyer (M.Fozilov), sanoat grafikasi (A.Yeroshevskaya, Ye.Gurov, I.Dmitriyeva va boshqalar), libos (X. H.Komilova, A.Ashurboyev, A. Allaberganova va boshqalar), meʼmorlik (D. Nozilov), zargarlik (E.Gostev) va boshqalar sohalar dizayni boʻyicha samarali ijod qilmoqda. 1991-yildan rais — X.H.Komilova.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz